alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

O’quv yili yakuniga bag’ishlangan ilmiy kengash yig’ilishi

15:13 10.07.2019

2019-yil 10-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot instituti  kengashlar zalida navbatdagi ilmiy kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishni institut rektori, professor M.Madazimov ochib, kun tartibidagi masalalar xususida gapirib o’tdi.

Institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori G‘.Xodjimatov  institut rektorining buyrug‘ini o‘qib eshittirdi.

Ilmiy kengash yig’ilishi oldidan, PHD ilmiy darajasini olgan institut bolalar jarrohligi va anesteziologiya-reanimatalogiya kafedrasi tayanch doktaranti Ibragimov Jasurbek Habibjanovich maxsus diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Respublika fan olimpidasida faol ishtirok etib, g’olib bo’lgan ADTIning bir guruh iqtidorli talabalarini tantanali taqdirlash  tadbiri o’tkazildi.

Jumladan, davolash fakultetining 6-bosqich 603-guruh talabasi G’anijanov Jamoldin Alijon o’g’li Andijon davlat tibbiyot institutida “Jarrohlik” (mutaxassislik) fanidan o’tkazilgan olimpiadada 1-o’rinni, davolash fakultetining 3-bosqich 308-guruh talabasi Majidiy Ibroximjon Nabijon o’g’li Toshkent tibbiyot akademiya Farg’ona filialida “Patologik fiziologiya” (umumkasbiy) fanidan o’tkazilgan olimpiadada 3-o’rinni egallagani uchun, davolash fakultetining 3-bosqich 307-guruh talabasi Ibrohimov Oyatillo Olimjon o’g’li Toshkent farmatsevtika institutida “Farmakologiya” (umumkasbiy) fanidan o’tkazilgan olimpiadada 2-o’rinni, pediatriya fakultetini 1-bosqich 104-guruh talabasi G’anijonov Soxibjon Voxidjon o’g’li Samarqand davlat universitetida “Zoologiya” (umumkasbiy) fanidan o’tkazilgan olimpiadada 2-o’rinni, Pediatriya fakulteti 4-bosqich 419-guruh talabasi Jumaboev Ilyosbek Jo’raqul o’g’li Samarqand davlat tibbiyot institutida “Bolalar xirurgiyasi” (mutaxassislik) fanidan o’tkazilgan olimpiadada 3-o’rin, davolash fakulteti 2-bosqich 203-guruh talabasi To’raboev Elyorbek Eldorbek o’g’li Toshkent davlat stomatologiya institutida “Normal fiziologiya” (mutaxassislik) fanidan o’tkazilgan olimpiadada 3-o’rinni egallaganliklari uchun  O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 13-iyundagi 528-sonli buyrug’i asosida  1-2-3 darajali diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, g’olib talabalarning ilmiy rahbarlari pul mukofotlari va esdalik sovg’alari bilan rag’batlantirildilar.

2018-2019-o’quv yilida institutda samarali faoliyat ko’rsatib mehnat qilgan bir guruh professor-o’qituvchilarga ham pul mukofotlari topshirildi.

Yig’ilishda  o’quv yili yakuni, erishilgan yutuqlar va kamchiliklar xususida atroflicha  so’z borib, ilmiy kengash a’zolariga  kelgusida amalga oshiriladigan ishlari yuzasidan  muhim topshiriq va vazifalar  belgilab berildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!