alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Oshirilgan kontrakt haqida ma'lumot

09:04 23.09.2019

Ko‘plab abituriyentlar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olib, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun topshirgan test sinovlari natijasi bo‘yicha tanlovda ishtirok etib, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, ro‘yxatdan o‘tish mobaynida tanlagan ikkinchi yoki uchinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga ruxsat berildi.
Bunda oliy ta’lim muassasalari tomonidan talabalikka qabul kilish, tanlov bo‘yicha birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon kilingan test sinovlari natijalariga ko‘ra, abituriyentlarning to‘plagan ballini asos sifatida qabul qilib, murojaat etgan abituriyentlarning arizalariga muvofiq, to‘plagan ballari qat’iy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
2019/2020 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2019 yilning 15 oktyabri etib belgilandi.
To‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan yuqori kurs talabalari uchun kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddatlari oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytiriladi.
2019/2020 o‘quv yili qabulida kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasidagi qabul parametrlari chegarasiga 4 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarning birinchi o‘quv yili uchun amalda o‘rnatilgan miqdorga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi.
-Bunda, 2019/2020 o‘quv yili uchun:
tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan hisoblanishi;
-to‘lovchilarning o‘z hohishiga ko‘ra stipendiyali to‘lovlar, ya’ni, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt summasiga (bir o‘quv yili uchun 4800,0 ming sum) qo‘shimcha to‘lanishi;
-tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari oylarga bo‘lib to‘langanda ham, o‘quv yilining birinchi yarmi uchun kamida 50 foizi joriy yilning 1 noyabridan hamda ikkinchi yarmi uchun 2020 yilning 1 martidan kechiktirmay to‘lanishi belgilandi.
-to‘plagan ballari 56,7 balldan kam bo‘lmagan va asosiy qabul chegaralariga 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun belgilangan tartibda to‘lov-kontrakt miqdorlarini belgilash va to‘lash uchun ham joriy etiladi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!