aaa Otam... | Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Otam…

17:35 27.01.2020

Ko‘ngil burchagi

Savlat to‘kib yurganim,
Meni yaxshi ko‘rganim,
Hushzabonim, bisotim,
Otam…
 
Yiqilsam egnim qoqqan,
Mening qo‘limdan tutgan,
O‘zi emay o‘qitgan,
Otam…
 
Ishonganim, bilganim,
Parvonalar bo‘lganim,
Najotkorim, panohim,
Otam…
 
Bahorda ham, kuzda ham,
Qatiq puflab berganam,
Meni yaxshi ko‘rganam,
Otam…
 
Yaxshilar ko‘rganim,
Eng muhimi bilganm,
Meni kam qilmaganim,
Otam…
 
Har ko‘rganda har safar,
Onajonim eslatar,
Baxtimga sog‘ bo‘lsinlar,
Otam…

Sardor Shams,

ADTI talabasi

 

Ko‘ngil burchagi

ADTI.uz saytining aziz muxlisi, saytimizga tashrifingizdan mamnunmiz! Biz bilan o‘tkazayotgan vaqtingizni foydali va mazmunli o‘tishi uchun “Ko‘ngil burchagi” nomli rukn tashkil etdik. Mazkur ruknda hikmatlar, she’r, lirik lavha, hikoyalar berib bormoqchimiz. Qolaversa, Siz ham “Ko‘ngil burchagi”da ko‘ngilingizda asrab yurgan dil so‘zlaringiz, she’r, hikoya, hayotingizni tubdan o‘zgartirib yuborgan voqea, hodisa haqidagi ijodiy ishlaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin. Yuqoridagi “Otam…” she’ri Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi Sardor Shamsning “Farishtaginam” kitobidan olindi.
Biz ishonamizki, Sizda ham “Ko‘ngil burchagi”da aytmoqchi bo‘lgan dil so‘zlaringiz anchagina!
Qo‘ng‘iroq qilish uchun telefon raqamimiz: +99895 203 80 69
Biz Sizni kutamiz!