alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

OTMlar pedagog kadrlari diqqatiga

13:28 05.11.2019

OTMlar pedagog kadrlari tegishli yo‘nalishlarda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari shart
 Prezident Shavkat Mirziyoyev “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi (O‘RQ–576-son, 29.10.2019 y.).
Qonun bilan oliy ta’lim tizimi muassasalari, shuningdek bo‘ysunuvida ilmiy tashkilotlar bo‘lgan vazirlik, idoralar hamda tashkilotlar ham quyidagi ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi vakolatlarga ega bo‘ldi:

  • davlat ilmiy dasturlari, shuningdek xalqaro dasturlarni ishlab chiqishda qatnashadi va ularning bajarilishini ta’minlaydi;
  • tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy darajali kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi, ilmiy faoliyat yurituvchilarni rag‘batlantirib boradi;
  • ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtiradi va ular egalarini rag‘batlantiradi, shuningdek yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish, ularning samarali ilmiy faoliyat yuritishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi va boshqalar;

Bundan tashqari, qonunning 17-moddasida oliy ta’lim muassasalarida ilmiy faoliyat yuritish tartiblari ham belgilandi. Unga ko‘ra:

  • Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni bilan birga ilmiy faoliyat ham yuritiladi.
  • Oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlari tegishli yo‘nalishlarda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari shart.
  • Oliy ta’lim muassasalari:
  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ilmiy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, ilmiy asbob-uskunalardan jamoaviy foydalanish markazlari va boshqa tashkilotlarni ta’sis etish, shuningdek noyob ilmiy ob’yektlarni tashkil etish;
  • ilmiy faoliyatga milliy va xalqaro darajadagi yetuk olimlar, ilmiy tashkilotlar vakillarini jalb etish, yetakchi milliy va xorijiy ilmiy tashkilotlar hamda ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tashni tashkil qilish huquqlariga ega.

OTMlarning ilmiy salohiyatini oshirishga oliy ta’lim muassasalari, bo‘ysunuvida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik, idora va tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’uldir.
Qonunga muvofiq, davlat ilmiy tashkilotlarida ilmiy faoliyat yurituvchi shaxslarga 48 ish kunidan iborat yillik haq to‘lanadigan hamda moddiy yordamni ko‘zda tutadigan mehnat ta’tili beriladi.
Qonundagi ilmiy faoliyat yurituvchilar uchun mehnat ta’tili nazarda tutilgan qoidalar 2020 yil 1 yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi.
ЎРҚ-576 29.10.2019

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!