Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Otorinolaringologiya kafedrasi

Kafedra mudiri:
Tibbiyot fanlari doktori professor
Qosimov Qobil Qosimovich
Tel: + 99890 217-32-52
E-mail: qosimovqobil1949@mail.ru

 

Otorinolaringologiya kafedrasi 1958-yil 1-sentabrda tashkil topgan. Kafedra dastlab viloyat klinik shifoxonasi bazasidagi LOR bo’limida joylashgan. 1973-yil ADTI klinikasi LOR bo’limiga ko’chirildi. Kafedraning birinchi mudiri etib professor M.S Lure tayinlangan. Kafedraga assistentlardan R.I Avrukina, E.AArutyunova, Z.D Petrashevsksyalar qabul qilingan. 1960- yildan 1968- yilgacha kafedrani dotsent S.M.Gordiyenko boshqargan. O’sha yillarda assistentlar M.A.Rasulova va F.B.Boltaboyev ishga qabul qilingan. 1968-yildan 2007-yilgacha Professor A.I. Alimov kafedra mudiri bo’lib ishlagan. O’sha yillarda assistent K.K Salixova, t.f.n dotsent Z.D Konstantinova, t.f.n.dotsent Boltaboyev F.B, t.f.n. dotsent K.P.Norboyev, t.f.d. Q.Q.Qosimov , assistent Yusupov M.M , dotsent Norboyev Z.K va assistent Gaynulina Z.A. lar kafedraga ishga qabul qilindilar. 2007-yildan boshlab xozirgi kungacha otorinoloringologiya kafedrasini t.f.d. professor Q.Q.Qosimov boshqarib kelmoqda. Xozirgacha uning rahbarligida 3 ta monografiya, 5 ta darslik va 100 dan ortik ilmiy maqolalar chop etilgan. Professor Q.Q.Qosimov rahbarligida Orziyev S.X. va Abdunazarov M. Ilmiy ishlarini yoqlagan. Xozirgi kunda kafedrada professor Q.Q.Qosimov, dotsent K.P Norboyev, dotsent Z.K Norboyev assistentlar N.A Usmanova, Tojiboyev A.A, S.K.Raximov, Sh.R.Xusanov, A.O. O’lmasov, X.Salioxunova, B.B. Ulmasov, U. Abdumutallipov, Sh. Mamasoliyeva va kabinet mudiri N. Umarovlar faoliyat yuritmoqda

Skip to content Click to listen highlighted text!