alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

O'z oliygohingizga ovoz bering! “Mening oliygohim – mening faxrim”

08:00 07.01.2020

Talabalik – oltin davr. Talabalikning har bir kuni unutimas lahzalarga boy bo‘ladi. Shuning uchun ham yillar o‘tsada talabalik yillarimizni, qadrdon institutimizni sog‘inaveramiz!

Andijon davlat tibbiyot instituti nafaqat Andijon viloyati, balki respublikamizning Namangan, Farg‘ona, Toshkent kabi qator viloyatlardagi shifokorlar uchun qadrli maskan – qadrdon institut hisoblanadi.  Andijon davlat tibbiyot institutida tahsil olgan sobiq talabalar nafaqat O‘zbekiston, balki dunyoning juda ko‘p yirik davlatlarining nufuzli tibbiyot mussasalarida mehnat qilishib, insonlar salomatligini saqlash, mustahkamlash borasida o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishmoqda.

Azizlar, O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim sohasi vakillari, talaba-yoshlar va abituriyentlarning fikrini bilish maqsadida @TalabaYoshlar kanali Oliy ta’lim muassasalari o’rtasida yil laureat oliygohlarini aniqlash maqsadida «YIL E’TIROFI – 2019» so’rovnomasini o’tkizmoqda.
Tanlov quyidagi yo’nalishlarda aniqlanadi:
1.Yilning eng yaxshi xalqaro universiteti;
👉OVOZ BERISH👈 (https://t.me/TalabaYoshlar/1016)
2.Yilning eng yaxshi MDH davlatlari universiteti filiali;
👉OVOZ BERISH👈 (https://t.me/TalabaYoshlar/1030)
3.Yilning «San’at, madaniyat va sport» sohasidagi eng yaxshi oliygohi;
👉OVOZ BERISH👈 (https://t.me/TalabaYoshlar/1043)
4.Yilning «Qurilish, suv va qishloq xo’jaligi» sohasidagi eng yaxshi oliygohi;
👉OVOZ BERISH👈 (https://t.me/TalabaYoshlar/1053)
5.Yilning «Texnika va texnologiya» sohasidagi eng yaxshi oliygohi;
👉OVOZ BERISH👈 (https://t.me/TalabaYoshlar/1067)
6.Yilning «Texnika va texnologiya» sohasidagi eng yaxshi filiali;
👉OVOZ BERISH👈 (https://t.me/TalabaYoshlar/1077)
7.Yilning «Sog’liqni saqlash va veterinariya» sohasidagi eng yaxshi oliygohi;
👉OVOZ BERISH👈 (https://t.me/TalabaYoshlar/1089)
8.Yilning «Iqtisod, huquq va xalqaro munosabatlar» sohasidagi eng yaxshi oliygohi;
👉OVOZ BERISH👈 (https://t.me/TalabaYoshlar/1104)
9.Yilning «Pedagogika va chet tillari» sohasidagi eng yaxshi oliygohi;
👉OVOZ BERISH👈 (https://t.me/TalabaYoshlar/1113)
10.Yilning eng yaxshi davlat universiteti
👉OVOZ BERISH👈 (https://t.me/TalabaYoshlar/1128)
G’oliblar ovoz berish yo’li orqali aniqlanadi.
Ovoz berish 2020-yil 10-yanvar kuni 23:59 da yakunlanadi!
G’oliblar 1,2,3-o’rin ko’rinishida aniqlanadi!

Andijon davlat tibbiyot institutiga bo‘lgan mehriningiz, e’tiboringizni (7) “Yilning «Sog’liqni saqlash va veterinariya» sohasidagi eng yaxshi oliygohi” yo‘nalishi bo‘yicha ovoz berish bilan ko‘rsatishingiz mumkin! Buning uchun mazkur yo‘nalishdagi Andijon davlat tibbiyot instituti logotipi ostidagi “yurakcha”ni bir marta bosish kifoya!
Ishonamizki, Andijon davlat tibbiyot institutini e’tirof etish uchun juda ko‘p asoslar bor!!!









Mening oliygohim – mening faxrim!
O’z oliygohingizga ovoz bering!!

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!