O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy majlisga Murojaatnomasi  keng o‘rganilmoqda

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Shu kunlarda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik o‘rtasida  targ‘ib qilish, o‘rganish  maqsadida   turli tadbirlar, uchrashuv va  davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri 2019- yil  22- yanvar kuni  Andijon davlat tibbiyot institutida  o‘tkazildi. Davra suhbatini ADTI rektori, professor M.Madazimov ochib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi borasida fikrlarini bildirdi. Mamlakatimizda, xususan, institut o‘quv-tarbiyaviy jarayonida bo‘layotgan o‘zgarishlar, yutuqlar, talaba-yoshlarga nazariya bilan amaliyotni barobar olib borilishida yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlarga to‘xtaldi va talabalarni  doimo faol bo‘lishga chaqirdi.

Shundan so‘ng, ADTI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Arziqulov,  O‘zbekiston “Adolat” SDP viloyat Kengashi deputati, deputatlik guruhi  rahbari Z.Kamilova,  Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi F.Ataxanovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga  Murojaatnomasi mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’ruza qildilar.

Ular o‘z ma’ruzalarida Yurtboshimizning ijtimoiy sohaga, jumladan, tibbiyot sohasiga alohida e’tibor berganligini, mamlakatimizda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, kasallikni oldini olish, kadrlar tayyorlash, tibbiyotni yanada rivojlantirish  masalalariga alohida to‘xtalganliklarini  ta’kidladilar.

Davra suhbatida Respublika  ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyati bo‘limi rahbari M.G‘ofurovning ma’ruzasi, ayniqsa, uning inson kamoloti, inson omili, ma’naviyat, talaba-yoshlar tarbiyasi, bo‘lg‘usi shifokorlarning muomala madaniyati xususida  bildirgan fikrlari  barchada katta taassurot qoldirdi.

       Davra suhbati yakunida institut rektori M.Madazimov  mutaxassis – mehmonlarga o‘zining samimiy minnatdorchiligini bildirdi.

 

                                                                                         ADTI matbuot xizmati.

214