alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

O‘zbek mumtoz she’riyatining ikki buyuk siymosi

15:51 11.02.2020

O‘zbek xalqining suyukli farzandlaridan Alisher Navoiy she’riyat mulkining sultoni sifatida e’tirof etilgan. Xalqimizning yana bir farzandi Zahiriddin Muhammad Bobur O‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Boburning nafis g‘azal va ruboiylari turkiy she’riyatining eng nodir durdonalaridan.


Andijon davlat tibbiyot institutining Sh.Yusupova rahbarligidagi  Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi tashabbusi bilan Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligi munosabati bilan “O‘zbek mumtoz she’riyatining ikki buyuk siymosi” mavzusi ostida adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi.


Tadbirni kafedra ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’uli X.Chartaqova ochib berar ekan Navoiy va Bobur nafaqat ijodkor, balki mahoratli davlat arbobi sifatida el-yurt taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shganliklari ta’kidlab o‘tdi.


Shundan so‘ng talabalar Navoiy va Boburning go‘zal g‘azal va ruboiylaridan o‘qib berishdi.


Navoiy va Guli suhbati, Boburning Andijondan keltirigan qovunni qo‘liga olgan vaziyatdagi holati ko‘rsatib berilgan sahna ko‘rinishlari olqishlar bilan kutib olindi.


“O‘zbek mumtoz she’riyatining ikki buyuk siymosi” mavzusi ostida adabiy-badiiy tadbir davomidagi qo‘shiqlar, raqslar Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari Prezidentimiz tashabbusi bilan ilgani surilgan 5 ta muhim tashabbus yo‘nalishari bo‘yicha yaxshigina iqtidorga ega ekanliklarini ko‘rsatdi.


Buyuk ajdodlarimiz tavallud kunlari munsabati bilan o‘tkazilgan tadbirda aralash qo‘l jangi bo‘yicha Osiyo chempioni Nursulton Ro‘ziboyevning ishtiroki ishtirokchilarga yanada ko‘tarinkilik bahsh etdi. Osiyo chempioni Nursulton Ro‘ziboyev talabalarga o‘zi erishgan yutular zamirida ota-bobalarimizning duolari, ruhiy madadi borligini ta’kidlab o‘tdi. Talabalar N.Ro‘ziboyevga sport sohasi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va batafsil javoblar olishdi.


Andijon davlat tibbiyot institutining Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi tashabbusi o‘tkazilgan “O‘zbek mumtoz she’riyatining ikki buyuk siymosi” mavzusi ostida adabiy-badiiy tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!