alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

O’zbekiston-Dog’iston qo’shma ta’lim dasturi asosida kirish imtihonlari bo’lib o’tdi

17:50 27.08.2019

2019- yil 27 -avgust kuni Andijon davlat tibbiyot instituti kengashlar zalida 2019-2020 – o’quv yili uchun  ADTI hamda Rossiya Federatsiyasining Dog’iston davlat tibbiyot universiteti bilan xalqaro qo`shma fakulteti (stomatologiya) bakalavriyat yo’nalishi uchun  kirish imtihonlari bo’lib o’tdi.

Kirish sinovlari boshlanishidan avval institut rektori M.Madazimov barcha abituriyentlarni yig’ib, imtihonlar har jihatdan adolatli, shaffof o’tishini ta’kidladi hamda   ularga omad va zafarlar tiladi.

Shundan so’ng, imtihon biletlari solingan konvertlar abiturientlar guvohligida ochilib, sinovlar boshlandi. Imtihon jarayonlarining  tartibli, adolatli va shaffof o’tishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston “Adolat” SDP Andijon shahar Kengashi deputati  Shohidaxon Valieva ishtirok etdi.

Shuningdek, har ikki tomon oliy ta’lim muassasasi vakillari imtihon jarayonini onlayn tarzda kuzatib  bordilar.

Imtihon jarayonida ota-onalar ham kuzatuvchi sifatida qatnashdilar. Jumladan, Andijon shahrida yashovchi fuqarolar  M.Abdurahimova va M.Igamberdievalar o’z farzandlarining sinovlardagi ishtirokiga guvoh bo’ldilar.

Sinovlar  tartibli, xolis  va odilona tarzda o’tkazildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!