alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

O‘zbekiston-Dog‘iston qo‘shma ta’lim dasturi asosida tashkil etigan  fakultetga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi

15:26 05.10.2020

Bugun – 5 oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Kengashlar zalida 2020-2021 o‘quv yili uchun  ADTI hamda Rossiya Federatsiyasining Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorligida tashkil etigan xalqaro qo‘shma fakulteti (stomatologiya) bakalavriyat yo‘nalishi uchun  kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Karantin qoidalariga amal qilingan holda o‘tkazilgan kirish imtihonlari avvalida institut   o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Arziqulov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Salohiddinov, xorijiy talabalar bilan ishlash fakulteti dekani G.Daminova va boshqa mas’ul xodimlar abiturientlarga imtihonlar jarayoni haqida tushuncha berib o‘tishdi va ularga omad tiladi.

Shundan so‘ng, imtihon biletlari solingan konvertlar abiturientlar guvohligida ochilib, sinovlar boshlandi.


Imtihon jarayonlarining  tartibli, adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida har ikki tomon oliy ta’lim muassasasi vakillari, jumladan, Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti tomonidan stomatologiya fakulteti dekani T.Abakarov  hamda xalqaro hamkorlik bo‘yicha mas’uli S.Xadjaliyevalar imtihon jarayonini onlayn tarzda kuzatib  bordilar.

Kimyo, biologiya va xorijiy tillar bo‘yicha test va og‘zaki sinovlardan o‘tgan abiturientlarga qabul imtihonlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berilishi bildirildi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!