O‘zbekiston kelajagi uchun ovoz beramiz!

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Bugun mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga saylovlar o‘tkazilmoqda.

“Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida o‘tkazilayotgan mazkur saylovlarda har bir fuqaro faol ishtirok etishi lozim. Chunki saylovning natijasi va yakunlari yangilanayotgan O‘zbekistonning taqdiri uchun dolzarb ahamiyatga ega. Bugun saylanadigan deputatlar mamlakatimiz kelajagi buyuk bo‘lishida alohida xizmat qilishlari kerak.  Bu vazifa bugun xalq tomonidan saylanadigan deputalarning zimmasidagi muhim vazifadir. Mana shu muhim vazifani uddalay oladigan nomzodga ovoz berish har birimizning fuqarolik burchimizdir.

Butun xalqimiz qatori Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi ham O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga o‘tkazilayotgan saylovda faol ishtirok etmoqda. Institutda saylov qonunchiligiga oid bir qator tadbirlar o‘tkazilgan bo‘lib, unda professor-o‘qituvchilar, talabalar saylovda ishtirok etish, nomzodlarga ovoz berish tartibi bailan yaqindan tanishganlar. Talabalar o‘zlarining doimiy yashash joylarida ovoz berishlari uchun 20-dekabar kunidan qishki ta’til e’lon qilingan bo‘lib, ayni paytda talabalar saylovlarda o‘z uylaridan ishtirok etishmoqda.

Tibbiyot muassasalari binolarida joylashgan saylov uchastkalarini jihozlash va saylov jarayonini o‘tkazish borasida tibbiyot xodimlar sidqidil bilan mehnat qilishmoqda. Jumladan, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida joylashgan 65-saylov uchastkasida nafaqat klinikaga yaqin hududdagi aholi, balki shifoxonada yotib davolanayotgan bemorlarning saylovda ishtirok etishi – munosib nomzodlarga ovoz berishlari uchun shart-sharoitlar yaratildi.

Shu bilan birga deputatlikka nomzodlar qatorida Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari, xodimlarining borligi ham jamoa uchun faxrlidir.

Bugun biz O‘zbekiston kelajagi uchun ovoz beramiz! O‘zbekiston kelajagiga befarq bo‘lmagan har bir yurdoshimizning qalbida bugun manashu maqsad. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga o‘tkazilayotgan saylov qizg‘in davom etmoqda.

ADTI axborot xizmati

192