alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

O‘ZBEKISTON PLASTIK JARROHLAR JAMIYATINING 2-YIG‘ILISHI BO’LIB O’TDI

19:06 02.07.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida magistrlar, klinik ordinatorlar, aspirantlar, jarrohlik kafedralari assistentlari hamda O‘zbekiston plastik jarrohlar jamiyatining a’zolari uchun O‘zbekiston plastik jarrohlar jamiyatining 2-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Dastavval mehmonlarni kutib olish marosimida betakror “Andijon polkasi” raqsini talabalarimiz qatori jajji bolajonlar ham mahorat bilan ijro etdilar. Soʻng mehmonlarga Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining loyihasi, iqtidorli talabalarimiz faoliyati haqida batafsil maʼlumot berib oʻtildi.

Yigʻilish kirish soʻzida institut rektori M.Madazimov Oʻzbekiston plastik jarrohlar jamiyatining tuzilishi, aʼzolari, erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan ishlar va tajribalarga alohida toʻxtalib oʻtdi.

Yigʻilishda “Estetik blefaroplastika, mammoplastika, abdominoplastika”, “O‘zbekistonda bolalar plastik xirurgiyasining rivojlanish istiqbollari”, “Bosh va bo’yinning keng nuqsonlari: an’anaviy plastik jarrohlikdan mikroxirurgiyagacha», «Jag’larning rekonstruktiv operatsiyalari”, «Yuzni ko’tarish tarixiy ekskursiya”, “Skoliozli burun rinoplastikasining hususiyatlari” mavzularida mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar olib borildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!