alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokurorining Sog‘liqni saqlash vaziriga javob xati

09:07 20.05.2020

Hurmatli Alisher Qayumovich!
Avvalo, shuni mamnuniyat va minnatdorlik bilan qayd etamizki, mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimi koronavirus pandemiyasiga qarshi hayot-mamot kurashida qatiy va sobit turib, misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishmoqda.
Muhtaram Prezidentimizning tegishli Farmon va qarorlari hamda bevosita ko‘rsatmalari asosida fidoyi va zahmatkash shifokorlarimiz tomonidan qahramonlarcha amalga oshirilayotgan ishlar o‘zining ulkan samaralarini bermoqda.
Jahonning aksariyat rivojlangan mamlakatlarida fuqarolarning koronavirusdan zararlanishi va o‘limi ayanchli tarzda oshib ketdi.
Ana shunday bir sharoitda ushbu vaboning zarbalariga birinchi bo‘lib ko‘ksini qalqon qilayotgan shifokorlarimiz mahorati, jonbozligi evaziga mamlakatimizda bu borada ijobiy holat kundan-kunga ko‘proq namoyon bo‘lmoqda.
O‘zbekistonda kasallikka chalinganlarning 80 foizi sog‘ayib ketgani milliy tibbiyotimizning yaqin yillarda kuzatilmagan olamshumul yutug‘idir.
Albatta, o‘zining hayotini xavf ostiga qo‘yib, jon-jahdi bilan bemorlarga davo ulashish, ularda yashashga bo‘lgan ishonch va umid tuyg‘ularini uyg‘otish borasida shifokorlarimiz qanday og‘ir va tahlikali ishni qilayotganini, tunlarni bedor o‘tkazayotganini yaxshi his etamiz.
Shu kunga qadar infeksiyaga chalinganlarni davolash jarayonida o‘nlab tibbiyot xodimlari kasallikni yuqtirib olganining o‘zi shifokorlar katta xavf-xatar bilan yonman-yon yurganini ko‘rsatib turibdi.
Ularning mehnatiga Davlatimiz rahbari va xalqimiz tomonidan berilayotgan samimiy. munosib bahoni prokuratura organlari ham to‘liq va so‘zsiz qo‘llab-quvvatlaydi.
O‘z navbatida, Bosh prokuratura ana shunday murakkab sharoitda ba’zi shifokorlarga adolatsiz munosabatni keskin qoralaydi.
Xususan, Sizning 2020 yil 14 maydagi murojaatingiz asosida Samarqand viloyati Ohsaryo tumani tibbiyot birlashmasining terapiya bo‘limi mudiri X.Djurayevga nisbatan mazkur viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tafsilotlari o‘rganib chiqildi.
Aniqlanishicha, X.Djurayevga nisbatan joriy yilning 12 may kuni Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mazkur ishning qo‘zg‘atilishiga esa, Samarqand viloyatida koronavirus keng tarqalishining oldini olish va uning kelib chiqish manbaasini aniqlash bo‘yicha Ishchi guruhning surishtiruvi natijasi asos bo‘lgan.
Holbuki, ushbu Guruh tarkibiga tibbiyot xodimlari ham kiritilgan. Ularning surishtiruv yuzasidan mutaxassiis sifatida zarur xulosalarni taqsim etishga yuzaki yondashgani ham jinoyat ishining asossiz qo‘zg‘atilishiga olib kelgan.
Zotan, o‘z kasbi va burchiga sodiqlik haqida qasamyod qabul qilgan malakali shifokorlarning bu xavfli xastalikni boshqalarga bila turib yuqtirishi haqiqatdan yiroqdir.
Bu kabi yana ko‘plab holatlar inobatga olinib, X.Djurayevga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror Bosh prokuratura tomonidan bekor qilindi.
Fursatdan foydalanib, yuqorida qayd etilgan holat yuzasidan Bosh prokuraturaga o‘z vaqtida xabar berib, adolat tantanasi ta’minlanishiga katta hissa qo‘shganingiz uchun Sizga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
Ishonchimiz komilki, qonun ustuvorligini so‘zsiz ta’minlash yo‘lidagi hamkorligimiz, ayniqsa, tibbiyot xodimlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillarining mas’uliyatini birdek kuchaytirish borasidagi o‘zaro sa’y-harakatlarimiz buyon ham davom etadi.
Hurmat bilan Bosh prokuror N.Yo‘ldoshyev

(manba: SSVuz)

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!