
Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i Otabek Safarov xizmat safari bilan Andijonda bo’lib turibdi.
Bugun, 7-mart kuni Sog‘liqni saqlash vazirligining moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i Otabek Safarov Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi. Bugungi kunga qadar klinikadagi qurilish jarayonlari haqida institut rektori M.Madazimov batafsil ma’lumot berdi. Jarayonlarni o‘ganish davomida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Navbatda esa institutning yangi 2000 o‘rinli o‘quv binosi ko‘zdan kechirildi. Mazkur bino O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyundagi “Yangi Andijon” shaharchasini barpo etish va Andijon viloyatida tadbirkorlikni yana-da qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ-5154 sonli qaroriga asosan institut klinikasi hududidagi 2 gektar yer maydonida bunyod etilgan 2000 o‘ringa mo‘ljallangan holda qad rostlagan. Hozirda yangi o‘quv binosida talabalar sifatli ta’lim olishmoqda.
O.Safarov mazkur binoda joylashgan Simulyatsiya markazi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. Robot-simulyatorlar bilan ishlash jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, parameditsina sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Bu borada moddiy texnik imkoniyatlarni yaxshilash, mutaxassislarni yetkazish muhimligi ta’kidlandi.