alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“O‘zbekiston tibbiyot oliy o‘quv yurtlari assotsiatsiyasi” mahalliy qo‘mitasi tashkil etildi

16:59 25.09.2019

Xalqaro tibbiyot oliy o‘quv yurtlari Assatsiatsiyasining Federatsiyasi, BMT va JSST tashabbusi bilan II Jaxon urushidan so‘ng tashkil topgan bo‘lib butun dunyodagi 1,5 milliondan ortiq tibbiyot Oliy ta’lim muassasalari talabalarini birlashtiruvchi eng katta tashkilot hisoblanadi. “O‘zbekiston tibbiyot oliy o‘quv yurtlari assotsiatsiyasi” ushbu tashkilotning yurtimizdagi vakili hisoblanadi. Institutimiz rektori Madamin Mo‘minovich Madazimov va “O‘zbekiston tibbiyot oliy o‘quv yurtlari assotsiatsiyasi” direktori Bekzod Abdullayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv ikkala tomon uchun ham samarali va sermahsul bo‘ldi. Yagona maqsadga erishish uchun vazifalar va istiqbolli rejalar belgilab olindi. Shuningdek, mahalliy qo‘mita ochilishi va talabalarni o‘zaro malaka oshirish dasturlari ko‘rib chiqildi.
Suhbat davomida assotsiatsiyaning quyidagi strategik yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuvga erishildi, ya’ni talabalar, magistratura talabalari va yosh mutaxassislarning xorijda malaka oshirishi, reproduktiv salomatlikni himoya qilish va OIT/OITV muommolarining yechimi, ta’lim sifatini oshirish, inson xuquqlari, talabalarni ilmiy-amaliy jihatdan almashinuvi, xorijiy olimlarni o‘quv jarayoniga jalb etish, jamoat sog‘ligini saqlash. O‘tkazilgan muzokaralarga ko‘ra, Andijon davlat tibbiyot institutida mahalliy qo‘mita tashkil etildi va uning direktori etib Hayotbek Ibragimov tayinlandi.

Umidjon USMONOV,

ADTI jarrohlik va urologiya kafedrasi dotsenti

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!