alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida festival bo‘lib o‘tdi

17:16 30.05.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” Farmonining  Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar deb nomlangan beshinchi yo‘nalishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida 2019 yil 30 may kuni viloyat musiqali teatri binosida “O‘zbekiston – umumiy  uyimiz” shiori ostidagi festivalning yakuniy bosqichi o‘tkazildi.


Festivalni viloyat hokimining o‘rinbosari S.Toshboyev ochib barcha ishtirokchilarni samimiy tabrikladi. Unda viloyatimizda faoliyat yuritayotgan  5 ta uyg‘ur, koreys, qirg‘iz, qozoq va rus milliy madaniy markazi faollari tamonidan tayyorlangan badiiy va musiqiy chiqishlar namoyish etildi.

Festivalda Andijon davlat tibbiyot institutining 300 ga yaqin professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlari ishtirok etdilar.



Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!