alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

O‘zbekistonda COVID-19’ga qarshi profilaktika va davolash maqsadida o‘qituvchilarga qaysi dorilar bepul berilishi ma’lum qilindi

16:11 18.09.2020

AOKA huzuridagi shtabda Xalq ta’limi vazirligi mas’ullari ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda vazirlik axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova koronavirus bilan kasallangan o‘qituvchilarni dori-darmon bilan ta’minlash bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi.
«2020-yilning 13-sentyabrida O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining bayoniga asosan umumta’lim muassasalarini koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlari, o‘qituvchi va xodimlarning koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishining oldini olish, profilaktika va davolash maqsadida ularning gidroksixloroxin va sink preparati bilan bepul ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu topshiriq yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shma qarori imzolangan. Yuqorida nomlari keltirilgan dori-darmonlarni Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan manzilli yetkazish ishlari boshlangan», – dedi Rustamova.
Eslatib o‘tamiz, JSST gidroksixloroxinni koronavirusni davolashda samarasiz ekanini ma’lum qilgan edi. AQSH bosh infeksionisti ham ushbu preparatning koronavirusga qarshi samarasi biror mukammal tadqiqotda isbotlanmaganini ta’kidlab o‘tgandi.
Biroq SSV vakili Habibullo Oqilovning fikricha, O‘zbekiston o‘z tajribasiga asosan, «Plakvenil» (gidroksixloroxin)dan foydalanmoqda va bu samara beryapti.
«JSST topshiriq beradigan tashkilot emas, u faqat tavsiya beruvchi tashkilot. Uning tavsiyalarini qabul qilish-qilmaslik har bir davlatning o‘ziga bog‘liq. O‘zbekiston mart oyidan beri shu kungacha koronavirus bilan kurashib, bu borada o‘z tajribasiga ega bo‘ldi. Shuning uchun biz boshqalarning tajribasiga qaramasak ham bo‘ladi», – degan edi Habibullo Oqilov.
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Laziz To‘ychiyev esa gidroksixloroxin preparati O‘zbekistonga chet el davlatlardan gumanitar yordam sifatida kelayotganini ta’kidlab o‘tgan.

Manba: https://daryo.uz

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!