alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

PАXTАOBOD TUMАNIDА TIBBIY KOʼRIK TАSHKIL ETILDI

18:42 09.06.2021

PАXTАOBOD TUMАNIDА TIBBIY KOʼRIK TАSHKIL ETILDI

Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetining yetakchi professor-oʼqituvchilari Paxtaobod tuman Madaniyat qishlogʼidagi chuqurlashtirilgan tibbiy koʼrikda faol ishtirok etdilar. Tadbir avvalida viloyat Sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼi S. Yusupov maxallabay tibbiy koʼrikda har bir murojaat etgan aholiga sifatli koʼrik oʼtkazish, shuningdek, patranajda ishtirok etgan mutaxassislarga “ D “nazoratdagi hamda “Temir daftari”ga kiritilgan bemorlarga imkon qadar amaliy yordam berish lozimligini taʼkidladi.

Tibbiy koʼrik davomida fakultetning professor-oʼqituvchilar tomonidan jami 180 nafar murojaat etgan aholiga chuqurlashtirilgan tibbiy koʼrik oʼtkazildi.

“Maʼrifat” mahalla fuqarolar yigʼinidagi istiqomat qiluvchi homilador va “D” nazoratida turuvchi bemorlarning uylariga borib, tekshiruvdan oʼtkazildi.