alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Pedagogik amaliyotlar boshlandi

13:38 06.02.2019

2019- yil  5 – fevral  kuni  kasb  ta’limi (Davolash  ishi)  yo’nalishi 5-kurs talabalari Andijon tibbiyot kollejida pedagogik  amaliyot boshladi.

Kasb ta’limi yo’nalishiga mas’ul  D.Xasanov  va  tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi M.Qo’ziboyeva  talabalarni  tibbiyot  kollejiga  olib borib   kollej o’qituvchilariga biriktirib keldilar. Kollej direktori M.Buvabekov  talabalar bilan uchrashuvda bu yil kollejda darslar institut  singari kafedralar kesimida  o’tkazilishini tushuntirdi.

Biriktirilgan  kollej o’qituvchilari talabalarga kollejdagi yangiliklar, ularga qo’yiladigan talablar haqida ma’lumot berishadi.  Kasb ta’limi yo’nalishiga mas’ul  D.Xasanov  va tillar , pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o’qituvchilari  Z.Rahmatova va M.Axunovalar talabalarning kollejdagi faoliyatlarini nazorat qilishmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!