alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

PEDIATRIYA FAKULTETI TALABALARI TIBBIY KOʻRIKDAN OʻTKAZILDI

21:54 24.05.2022

Maʼlumki, Andijon davlat tibbiyot instituti xodimlari va talabalari tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmoqda.

Joriy yilning 21-24 may kunlari davomida Pediatriya fakultetining 1434 nafardan ortiq talabalarining salomatliklari tekshirildi. Mazkur tadbirlarda 16 turdagi mutaxassisliklardan iborat 28 nafar professor-oʻqituvchilar ishtirok etishdi.   Koʻruvlar davomida  talabalarga kerakli maslahat va tavsiyalar berildi. Tibbiy tekshiruvlarda mutaxassislar koʻrigi bilan birgalikda flyuorografiya, UTT, EKG va laborator tekshiruvlar olib borildi.

Salomatlik tadbirlari davom etadi. Bu gal Stomatologiya fakultetining xodimlari va talabalari tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!