alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Pokistonlik mehmonlar Andijon tibbiyot institutida

13:42 26.09.2019

Har bir davlat o‘z talabalarini nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishlariga e’tibor qaratadi. Bu hamkorlik qilayotgan ikki davlat uchun ham foydalidir.

Har sohoda rivojlanib borayotgan Pokiston davlati ayni paytda Ukraina, Qozoqiston kabi davlatlari bilan talabalar almashinuvini amalga oshirmoqda. Pokistonning Islomobod shahri vakillari tibbiyot yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlash borasida talabalar almashinuvini amalga oshirish maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdilar.

Pokistonlik mehmonlar institut xalqaro aloqalar bo‘lim boshlig‘i Kamoliddin Salaxiddinov hamrohligida institut o‘quv jarayoni, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Dastlab 12 yo‘nalish bo‘yicha to‘la jihozlangan Simuliyatsion o‘quv markazida olib borilayotgan mashg‘ulotlarni kuzatishdi, o‘quv va ma’ruzalar zallarida bo‘lishdi. Institut Axborot-resurs markazida bo‘lishib ochiq kitob fondi, kampyuter xonalari, kitob chop etish uskunalari bilan yaqindan tanishdilar.

 
Pokistonlik mehmonlar samimiy tashrif davomida institutga chet ellik talabalarni jalb etish borasida olib borilayotgan ishlarni qiziqish bilan o‘rgandilar. Tashrif yakunida talabalar almashinuvi bo‘yicha ikki tomonlama manfaatli shartnoma imzolanishiga kelishib olindi.

 
 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!