Polshalik mutaxassislarning Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrifi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019-  yil 28- mart kuni Polsha davlati  OOO “Osteosintez-CHM” kompaniyasi prezidenti Mikolay  Xarkiyevich  hamda  mazkur kompaniya bosh direktori Osinskiy Sergey Antoniyevichlar Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdilar.

Xalqaro hamkorlik bo‘limida  institut rektori M.Madazimov, bo‘lim boshlig‘i K.Salohiddinov,  Travmatologiya, ortopediya va neyrojarrohlik  kafedrasi mudiri, professor Q.Xudoyberdiyevlar hamda   polshalik mutaxassislar o‘rtasida qizg’in suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida  kompaniya vakillari  bugungi kundagi olib borayotgan faoliyatlari xususida gapirib, Andijon davlat tibbiyot instituti bilan doimiy hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

O‘z o‘rnida institut rektori M.Madazimov ham mazkur tashrifdan mamnun ekanligini aytib, kelgusida hamkorlik aloqalari samarali va davomiy bo‘lishligini ta’kidladi. Shuningdek, har ikki tomon vakillari Andijon davlat tibbiyot instituti va uning bazasidagi klinikaga yangi innovatsion texnologiyalar olib kelish hamda hamkorlikda  yangi bo‘lim  ochish bo‘yicha kelishib oldilar. Suhbat jarayoni do‘stona va samimiy ruhda o‘tdi. Tashrif yakunida polshalik mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

657