alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Portugaliyaning Porto universiteti  professori N.V.Lukoyanov  tomonidan  masofaviy  ma’ruza o‘qildi

14:22 14.12.2018

2018-yil 14-dekabr  kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Normal fiziologiya, Nevrologiya hamda Psixiatriya  kafedralari hamda  Portugaliyaning Porto universiteti  tibbiyot   fakulteti  professor-o’qituvchilari bilan masofaviy ta’lim tizimini  yo’lga qo’ygan holda  on-line  ma’ruza o’tkazildi. On-line ma’ruza avvalida   xalqaro  hamkorlik bo‘limi boshlig‘i  K.Salohiddinov ADTI jamoasi va talabalarining   samimiy salomini  yetkazdi.

Masofaviy  ma’ruzani  Porto universiteti  tibbiyot  fakulteti neyroanatomiya va grosanatomiya  kafedrasi  professori  Nikolay  Vsevolodovich  Lukoyanov “Funksiya  pamyati i reaksiya golovnogo mozga prirazlichnix situatsiyax” mavzusida   Andijon davlat tibbiyot instituti davolash va  pediatriya fakultetlarining  1- 2-bosqich talabalari o’rtasida o’qidi.


Masofaviy ma’ruzada    ADTI  Normal fiziologiya, Nevrologiya, Psixatriya  fakultetining   professor-o‘qituvchilari  ishtirok etishdi.

Online ma’ruza talabalarda katta qiziqish uyg`otdi. Ma’ruza  yakunida  talabalar mavzu  yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan  savollarga javob oldilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!