alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«PREDIABET VA QANDLI DIABET BILAN XASTALANGAN BEMORLARDA YURAK QON TOMIR KASALLIKLARI XAVFINI ANIQLASH» MAVZUSIDAGI LOYIHA DAVOM ETMOQDA

14:16 24.11.2022

Qandli diabedning 2-turi yurak qon tomir kasalliklari rivojlanishining tasdiqlangan xavf omilidir, buni butun dunyo boʻylab koʻplab tadqiqotlar natijalari isbotlagan. Qandli diabedning 2-turi bilan kasallangan bemorlarning aksariyati yurak-qon tomir asoratlari tufayli vafot etadi yoki nogiron boʻlib qoladi. Uglevod almashinuvi buzilishlarining Prediabet va Qandli diabet kabi turli xil variantlarining mavjudligi yurak-qon tomir oʻlimining nisbiy xavfini oshiradi. Qandli diabedning 2-turi mavjudligi koronar yurak kasalligini rivojlanish xavfini 2-4 barobar, MI rivojlanish xavfini esa umumiy aholi bilan taqqoslaganda 6-10 barobar oshiradi. Qandli diabedning surunkali yurak kasalliklari bilan birikishi yurak-qon tomir va umumiy oʻlim xavfining 60-80% ga oshishi bilan harakterlanadi.

Qandli diabet 2-turi va uning yurak-qon tomir asoratlarini erta tashxislash va oldini olish yurak-qon tomir kasalliklari va diabetning kechki asoratlaridan oʻlimni kamaytirishning eng samarali va iqtisodiy asoslangan strategiyasidir.

Xuddi shu maqsadda Sogʻliqni saqlash vazirligi, Andijon davlat tibbiyot instituti, viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi va Marhamat tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan «Prediabet va qandli diabet bilan xastalangan bemorlarda Yurak qon tomir kasalliklari xavfini aniqlash» mavzusidagi loyihani amalga oshirish ishlari yoʻlga qoʻyilgan bo’lib, hozirda mazkur ishlar samarali davom etmoqda.  Joriy yilning 14-noyabr aynan Xalqaro diabetga qarshi kurash kunidan boshlab loyiha doirasida Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi xodimlari Marhamat tumani KTMPda aholini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ishlarini boshladilar. Koʻrik doirasida Marhamat tumanida yashovchi xavf guruhiga kiruvchi va qandli diabet 2-turi bilan xastalangan aholi orasida YuKT kasalliklari xavfini aniqlash boʻyicha soʻrovnoma olindi va qondagi qand miqdori oʻlchandi. YuKT kasalliklari xavfi bor bemorlardan esa chuqurlashtirilgan tahlillar uchun qon namunalari olindi. Shuningdek, sogʻlom turmush tarzi, toʻgʻri ovqatlanish hamda jismoniy faollik boʻyicha aholiga tushunchalar berildi. Reja asosida mazkur loyihani amalga oshirish ishlari davom etmoqda.

Mazkur loyiha doirasidagi jarayonlar Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov nazoratida bo’lib, o’tkazilayotgan tibbiy ko’riklar  shaxsan ishtirok etmoqda. Bemorlar bilan suhbat olib borilib, ularga kerakli tavsiya va maslahatlar berilmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!