alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Prezident maslahatchisi Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi bilan muloqotda bo‘ldi

15:52 17.11.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi va institut professor-o‘qituvchilari, yosh olimlari, doktorantlar, ilmiy izlanuvchilar bilan muloqotda bo‘ldi. Muloqotning asosiy mavzusi  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2020-yil 6-noyabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ko‘rilgan masalalar bo‘ldi. Samimiy uchrashuvni institut rektori M.M.Madazimov olib bordi va mamlakatimiz prezidenti rahbarligida tibbiyot tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.


Yig‘ilishda so‘z olgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.Abduvoxidov sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inini isloh qilish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.         Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda sportning o‘rni, yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, yugurish, yurish sport turlarini rivojlantirish borasida o‘z fikrlarini bildirdi.


Prezident maslahatchisi Ddavlatimiz rahbari tomonidan ilm-fanni rivojlantirish, ta’lim, tibbiyotga alohida e’tibor qaratilayotganligi xususida gapirarkan, mazkur sohalarni rivojlantirish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilanganligini aytdi. Yig‘ilish davomida institutda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar muhokama qilindi. Tibbiyot sohasidagi ilmiy izlanishlarning saviyasini oshirish, amaliyotga tadbiq etish bugungi kunning dolzarb vazifasi ekanini alohida ta’kidlandi.


Muloqot davomida davlatimiz rahbarining  inson salomatligini muhofaza qilish borasida hamon muammolar uchrab turganligi,  aholiga sifatli va zamonaviy tibbiy yordam ko‘rsatish va kasalliklarni erta aniqlash bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish lozimligi  to‘g‘risidagi fikrlari yosh olimlarga, institut professor-o‘qituvchilariga yetkazildi. Talabalarga  bilim berishda, sohaga malakali mutaxassislarni tayyorlab berishda institut salohiyatli professor-o‘qituvchilarining o‘rni doimo yuqori bo‘lishligini  ta’kidladi va yosh ilmiy izlanuvchilarga muvaffaqiyat tiladi.
Yig‘ilish ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.Abduvohidovga murojjat etib, savollariga batafsil javob oldilar.


Institutning yosh olimlari tomonidan t.f.d., professorlar soni yetarli bo‘lgan ikki yo‘nalish, xirurgiya va ichki kasalliklar bo‘yicha dissertatsion kengash, OAK tasarrufiga kiruvchi ilmiy jurnal tahririyatini ochish bo‘yicha takliflar berildi.


Prezident maslahatchisi institut hayoti, amalga oshirilayotgan yangiliklar bilan yaqindan tanishdi,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.Abduvohidovning Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi bilan o‘tkazgan muloqoti, albatta, institutda ta’lim sifatini oshirish, ilmiy ishlar ko‘lamini kengaytirishda alohida o‘rniga ega bo‘ladi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!