alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Prezident O‘zMU talabasiga avtomobil sovg’a qildi

19:18 27.05.2019

Manba O‘zbekiston Milliy universiteti saytidan olindi.

               24-may kuni Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy universitetida fanlar akademiyasi akademiklari, oliy ta‘lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari , yosh olimlar bilan uchrashdi. Prezidentimiz bir qator akademiklar, rektorlar va yosh olimlarning taklif va muammolarini eshitdilar.
Uchrashuvda O‘zbekiston Milliy Universiteti matematika fakulteti 4-kurs talabasi Sardor Bozorboyev so‘zga chiqdi va Al-Xorazmiy olimpiadasi tashkilotchiligi uchun davlatimiz rahbariga tashakkur aytib, bu olimpiadani maktab va akademik litsey o’quvchilari uchun ham o’tkazish taklifini berdi hamda bu taklifni ahamiyatini asoslab berdi. Prezidentimiz shu yig’ilishning o’zidayoq  yosh talabaning qo’lga kiritgan yutuqlari, ishtiyoqi, tashabbuskorligi va vatan ravnaqi yo‘lidagi fidoyiligi uchun unga avtomobil sovg’a qildi. Undan tashqari talaba olimpiada timizidagi bir necha muammolarni sanab ularning yechimlarini asosli ravishda keltirib o’tdi. Shundan so’ng Shavkat Mirziyoyev Xalq ta‘limi vaziri Sherzod Shermatovga talabani yoniga ishga olishi va uning tajribasi va mahoratidan yurt kelajagi uchun foydalanish kerakligi bo’yicha ko’rsatma berdi. Nutqi yakunida S.Bozorboyev bundan keyin ham bor kuch g’ayratini yurt kelajagiga, ilm-fan va yosh iqtidorli o’quvchilarni xalqaro olimpiadalarga munosib tayyorlashga ishonch bildirdi.
Eslatib o’tamiz Sardor Bozorboyev 2015-yildan 2019 yilgacha Xalqaro matematika olimpiadalarda 4 bora oltin, bitta kumush va bitta bronza medallarini qo’lga kiritgan. O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan 2017-yili “ O’zbekiston belgisi “ ko’krak nishoni, Oliy va O’rta maxsus ta’limi vazirligi tomonidan 2018-yil yakunlari bo’yicha “ Yil Talabasi” mukofotlari bilan taqdirlangan.
 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!