alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

PREZIDENT QARORLARI AMALDA

19:03 21.02.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi “Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ko‘lamini yanada kengaytirish to‘g‘risida”gi есРеспублтРPQ-4513-sonli qarori hamda Andijon viloyati Hokimining 2019-yil 15-noyabrdagi № 536-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, aholi salomatligini mustahkamlash va malakali mutahassislar ko‘rigini joylarda tashkil etish va aholining tibbiy madaniyatini oshirish maqsadida 2020-yil 21-fevral kuni Andijon viloyati Oltinko‘l tumanining, Uyshin MFYda joylashgan 45-QOPda Andijon davlat tibbiyot instituti yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan  chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Ko‘rikda ADTIning 14 ta mutahassisliklardan iborat 18 nafar hodimlari ishtirok etishdi. Ishchi guruh tomonidan tumanning 362 nafar aholisi tibbiy ko‘rikdan va 164 nafari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib kerakli maslahat va yordamlar berildi.

Ko‘rik vaqti kasallik aniqlangan davolanishi lozim bo‘lgan 10 nafar aholiga viloyat DPMlariga 5 nafariga tuman shifohonasida davolanish uchun yo‘llanmalar berildi. Shuningdek ushbu tadbirda 104 ta UTT, 80 ta EKG tekshiruvlari o‘tkazilib, lozim bo‘lganlarga mutahassis ko‘ruvi va maslahati berildi. Ko‘rik vaqtida MFYning 2 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolariga uylarida tibbiy hizmat ko‘rsatilib kerakli tavsiyalar berildi.

Ushbu tadbir davomida aholi tibbiy madaniyatini oshirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4063-sonli Qarorida ilgari surilgan yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha aholi o‘rtasida seminar o‘tkazilib, kasalliklar va ularni oldini olish bo‘yicha bukletlar tarqatildi.

         B.X.Mirzakarimov

ADTI Davolash ishlari bo’yicha mas’ul 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!