alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

PREZIDENT QARORLARI AMALDA

17:11 28.02.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi “Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ko‘lamini yanada kengaytirish to‘g‘risida” gi есРеспублтРPQ-4513-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadidagi Andijon viloyati hokimining 2019-yil 15-noyabrdagi № 536-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda aholi salomatligini mustahkamlash va malakali mutahassislar ko‘rigini joylarda tashkil etish va aholining tibbiy madaniyatini oshirish maqsadida Andijon viloyati Ulug‘nor tumanining, Oqtom MFY, Guliston MFY, To‘rttol MFYlarga qarashli 37-QOPda Andijon davlat tibbiyot instituti yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan  chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Ko‘rikda ADTIning 15 ta mutahassisliklardan iborat 20 nafar hodimlari ishtirok etishdi. Ishchi guruh tomonidan tumanning 372 nafar aholisi tibbiy ko‘rikdan va 184 nafari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib kerakli maslahat va yordamlar berildi.
Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Ko‘rik vaqti kasallik aniqlangan davolanishi lozim bo‘lgan 15 nafar aholiga viloyat DPMlariga 7 nafariga tuman shifohonasida davolanish uchun yo‘llanmalar berildi. SHuningdek ushbu tadbirda 94 ta UTT, 71 ta EKG tekshiruvlari o‘tkazilib, lozim bo‘lganlarga mutahassis ko‘ruvi va maslahati berildi.
Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Ko‘rik vaqtida MFYning 2 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolariga uylarida tibbiy hizmat ko‘rsatilib kerakli tavsiyalar berildi.
Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4063-sonli Qarorida ilgari surilgan yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, hamda aholi tibbiy madaniyatini oshirish bo‘yicha seminar o‘tkazilib, kasalliklar va ularni oldini olish bo‘yicha bukletlar tarqatildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!