alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

PREZIDENT QARORLARI AMALDA

16:40 10.10.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini kelgusida isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2956-sonli  Qarorida belgilab berilgan amaliy mashg‘ulotlarni 50% nazariy, 50% amaliy o‘tilishini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot institut va Andijon viloyat davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi bilan tuzilgan shartnomaga asosan, tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishi 3-kurs talabalarining “Kommunal gigiyena” fanidan amaliy mashg‘ulotlari kafedra assistenti Zuhraxon Xojimatova tomonidan Andijon viloyati Xonobod shaxrida joylashgan “Kampirobod suv tozalash” va “Oqava suvlarini tozalash” inshootlarida olib borilmoqda.

Amaliyot jarayonida talabalar suv sifatini tekshirish usullari bilan tanishmoqdalar. Amaliyot viloyatimizning katta suv inshooatida bo‘lib o‘tayotganligi uchun talabalarda katta qiziqish uyg‘otib, ularni fanga bo‘lgan mehrini oshirmoqda.

Manzuraxon Salimova,

ADTI Umumiy gigiyena kafedarsi mudiri, dotsent,
Ahdamjon Minovarov,

Tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishi katta o‘qituvchisi

 
 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!