alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Professor Ken Vu Lining Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrifi samarali davom etmoqda

13:05 11.05.2019

Bugun, 11-may kuni  Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov  Koreyaning Yonsey universiteti stomatologiya maktabi professori Ken Vu Li  bilan uchrashdi.

Institut rektori huzurida koreyalik professor bilan qizg‘in va do‘stona suhbat bo‘lib o‘tdi. Muloqot chog‘ida har ikki oliy ta’lim muassasasida, xususan stomatologiya yo‘nalishida bugungi kunda olib borilayotgan ta’lim jarayoni, xalqaro hamkorlik aloqalari, istiqboldagi rejalar xususida gap bordi.

Shundan so‘ng, institut kengashlar zalida “Yuz-jag‘ sohalarining innovatsiyalari”  mavzusida xalqaro mutaxassislar ishtirokidagi hududiy yosh olimlar ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda stomatologiya fakulteti  dekani D.To‘lanov, jarrohlik stomatologiya kafedrasi mudiri M.Teshaboev, fakultet xodimlari hamda davolash, pediatriya va stomatologiya fakulteti talabalari qatnashdilar.

Anjumanda professor Ken Vu Li “Stomatologiyaning dolzarb muammolari”, “Stomatologiyada renovatsion texnologiyalar”, “Ortopedik stomatologiyada zamonaviy materialllar” mavzularida ma’ruza o‘qidi.

Shuningdek, jarrohlik stomatologiya kafedrasi o’qituvchisi Z.Hakimova, talabalardan M.Azizova,N.Ahmadjonova, Sh.Abdullaeva, A.Salomov, S.Erkinboev, Sh.Abdullaevlar ingliz, rus, o‘zbek va fransuz tillarida ma’ruza qildilar.

Ilmiy- amaliy anjuman qiziqarli, o‘zaro bahs-munozaraga boy va ishchanlik ruhida o‘tdi. Anjuman yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!