Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Professor-o`qituvchilar ommaviy sport –sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarida

15:32 19.10.2019

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo`yicha belgilab berilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchisi – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobilyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo`naltirilgan tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida 2019- yil 19-oktyabr kuni ADTI vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti professor-o`qituvchilari ADTI jismoniy tarbiya kafedrasiga tashrif buyurdilar.

Bu yerda ular  voleybol, stol tennisi, shaxmat, shashka va boshqa sport turlari bilan shug‘ullandilar. Shuningdek, pediatriya, terapiya, UASH hamda UZI kafedralari professor-o`qiuvchilari bilan sportning voleybol, stol tennisi, shaxmat, shashka turlari bo`yicha musobaqalashishdilar.


Mashg`ulot so’nggida VMO va QTF dekani X.X.Tursunov jismoniy tarbiya kafedrasi murabbiylariga fakultetning barcha kafedralari nomidan 6 ta shaxmat doskasi hamda 6 ta shashka majmuasini sovg`a qildi.


 

X.Tursunov
VMO va QTF dekani.

Skip to content Click to listen highlighted text!