alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«PROFILAKTIK TIBBIYOT: BUGUN VA ERTAGA» MAVZUIDA XORIJIY OLIMLAR ISHTIROKIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASIGA MARHAMAT!

09:05 26.02.2019

2019- yil  7-8 iyun  kunlari Andijon  shahrida  “Profilaktik tibbiyot: bugun  va  ertaga“  mavzusida  xorijiy olimlar  ishtirokidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi  o‘tkaziladi.
                       Konferensiya  4 ta yo‘nalishda   bo‘lib  o‘tadi:

  1. Ichki kasalliklar profilaktikasida yangi innovatsion texnologiyalar. Kardiovaskulyar va boshqa noinfeksion kasalliklarning birlamchi  va ikkilamchi  Yurak-qon  tomir yetishmovchiligi asoratlarini medikamentoz davolash, farmakoepidemiologiyasi va farmakoiqtisodiyoti.
  2. Rejali va shoshilinch jarrohlikda asoratlarni innovatsion texnologiyalarni qo‘llash yordamida bashoratlash, profilaktikasi va davolash.
  3. Oilada o‘tkir va surunkali patologik kasalliklarning dolzarb muammolari. Bolalar va o‘smirlarda keng tarqalgan kasalliklarni erta aniqlash va davolash. Ginekologik  kasalliklarni  zamonaviy  tashxislash  va davolash.
  4. OIV/OITS va boshqa infeksion kasalliklar profilaktikasi, tashxislash va davolash.

Anjumanning ilmiy dasturida muzokaralar, dolzarb mavzudagi ma’ruzalar, telemuloqotlar, bahs-munozaralar, mahorat  darslari, amaliy uchrashuvlar, seksiya yig‘ilishlari, ko‘rgazmalar, klinik tahlillar, yosh ilmiy xodimlar va olimlarning ilmiy muloqotlari  o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
 
Konferensiya  qatnashchilari  sertifikat  bilan  taqdirlanadilar.                            
 Anjuman ishida faol ishtirok eting!
 
 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!