alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Profilaktik tibbiyotda yuqori innovatsion texnologiyalarni qo‘llash” mavzusidagi onlayn Respublika ilmiy-amaliy videoanjumani o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi

16:00 12.06.2020

2020-yil 12-iyun kuni ham Andijon davlat tibbiyot institutida xorijlik olimlar ishtirokida “Profilaktik tibbiyotda yuqori innovatsion texnologiyalarni qo‘llash” mavzusidagi onlayn Respublika ilmiy-amaliy videoanjumani  ish olib bordi.



Amerika Qo‘shma Shtatlari, Yaponiya, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston mamlakatlaridan taniqli olimlar ishtirok etgan onlayn ilmiy-amaliy anjuman yuqumli kasalliklar, ichki kasalliklar, onalik va bolalik,  jarrohlik kasalliklari, tibbiy-biologik  yo‘nalishlari bo‘yicha seksiyalarga bo‘lingan holda ish olib bordi.


Seksiyalarda “O‘tkir respirator infeksiyalarning yangi va qaytalanauvchi qo‘zg‘atuvchilari”, “Bolalarda Girshprung kasalligini tashxislash va xirurgik korreksiya usullarini takomillashtirish”, “Simulyasion ta’lim: tajriba va rivojlanish istiqbollari (xalqaro tibbiyot maktabi Qirg‘iziston  misolida)”, “XXI  asr jarrohligida profilaktik  limfogen gistoreanimatsiya”, “O‘n ikki barmoqli ichak shikastlanishida qorin pardasi flegmonasining oldini olish va davolash” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi va muhokamalar bo‘ldi.



Seksiyalarda dolzarb mavzularda ma’ruzalar, xorijlik tajribali soha mutaxassislari ishtirokida mahorat darslari o‘tkazildi.



Ma’ruzalar va mahorat darslarida institut professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, yosh olimlar va magistrlar onlayn ravishda ishtirok etdilar.  Mahorat darslarida ko‘plab yangi, innovatsion loyihalar va taqdimotlar namoyish etildi.



Onlayni muloqotlar davomida Andijon davlat tibbiyot instituti  bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish yuzasidan takliflar, fikr-mulohazalar bildirildi.



Anjuman yuksak ilmiy ruhda va ko‘tarinkilik bilan  o‘tkazildi.

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M.Madazimov respublika onlayn ilmiy-amaliy konferensiya ishini yakunlar ekan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdi, tibbiyotchilarning fidokorona mehnatlari va ilmiy izlanishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Ishtirokchilar tomonidan tarixiy voqea sifatida e’tirof etilgan  konferensiya qarorini Andijon davlat tibbiyot instituti professori X.X.Tursunov o‘qib eshittirdi.

Ishtirokchilar ilmiy mushohada va tajribalardan bahramand bo‘lib, ko‘plab taassurotlar oldilar. O‘z navbatida sohadagi  ko‘plab yangilik va innovatsiyalardan  boxabar bo‘lib, bu yangiliklarni amaliyotga qo‘llashga o‘zlarida kuch va ilhom oldilar.

Profilaktik tibbiyotdagi ilmiy izlanishlar samaralari  inson salomatligini  yanada mustahkamlab,   bu yo‘nalishda buyuk kashfiyotlar yaratishga  asos bo‘la oladi.
 

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!