alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“PROFILAKTIK TIBBIYOTDA YUQORI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMAN DAVOM ETMOQDA

15:45 11.06.2021

“PROFILAKTIK TIBBIYOTDA YUQORI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMAN DAVOM ETMOQDA

Bugun “Profilaktik tibbiyotda yuqori innovatsion texnologiyalarni qo‘llash” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman onlayn tarzda bo‘lib o‘tmoqda. Hozirda anjuman 5 ta seksiyada davom etmoqda.

Birinchi seksiya – ichki kasalliklar yo‘nalishi bo‘yicha 21 nafar, ikkinchi seksiya – Jarrohlik kasalliklari bo‘yicha 20 nafar, uchinchi seksiya – onalik va bolalik yo‘nalishi bo‘yicha 22 nafar, to‘rtinchi seksiya – travmatologiya va ortopediya yo‘nalishi bo‘yicha 23 nafar,  beshinchi seksiya – tibbiy biologik yo‘nalishi bo‘yicha 20 nafar ma’ruzachilar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.

Anjumanda Ukraina, Rossiya, Qozog‘iston, Germaniya, AQSh kabi davlatlarning yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan bir qatorda Respublikamizning yirik tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari ham onlayn ishtirok etmoqda. Ma’ruzachilar o‘z ma’ruzalarida kasalliklarning kelib chiqish sabablari, oldini olish chora-tadbirlari, kasallikning avj olishi va qaytalanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan aniq xavf omillarini bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq qilish kabi mavzularda fikr almashishmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!