alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

QABUL KOMISSIYASINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

10:19 25.06.2022

Ma’lumki, 2022-yilning 20-iyunidan abituriyentlarni o‘qishga xujjat topshirish jarayonlari  onlayn tarzda boshlandi. Andijon davlat tibbiyot institutida ham qabul jarayonlarida abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida qabul komissiyasi o‘z faoliyatini olib bormoqda. Savollarga bevosita va onlayn javob berishlari uchun Call-center markazlari ham ishlab turibdi.

Qabul jarayonlarini adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida institut rektori rahbarligida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda prorektorlar, Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari, qabul komissiyasi a’zolari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida institut rektori M.Madazimov 2022-2023-o‘quv yili uchun qabul kvotalari, jarayonlarni shaffof tarzda o‘tishini ta’minlash,  Call-center markazlari faoliyatini yanada takomillashtirish¸ayniqsa, mazkur jarayonlarda korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, xorijdan va boshqa oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha faqat belgilab berilgan vazifalar bilan ish olib borish kerakligi, yo‘l qo‘yilgan har bir xato va kamchiliklar, albatta nazoratsiz qoldirilmasligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Asqarov ham so‘z olib, qabul va davlat imtihonlari jarayonlarida har bir xodim korrupsiya holatlariga murosasiz munosabatda bo‘lishlari, ta’magirlik va pora olish jinoiy javobgarlikka olib kelishi, mazkur salbiy holatlar kuzatilganda bo‘lim xodimlariga murojaat qilish maqsadga muvofiq ekanligini bildirdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!