alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

QADIMIY VA NAVQIRON BUXOROGA SAYOHAT

10:55 24.06.2022

Iqtidorli va tashabbuskor talabalarimiz doimo e’tiborda. Yaxshi natijalarni qo‘lga kiritayotgan yoshlarimiz rag‘batlantirish barobarida yurtimizning qadimiy va navqiron shaharlariga sayohatlari ham tashkil etilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida respublika oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Student‘s Cup” musobaqasining viloyat bosqichida 2-o‘rinnni qo‘lga kiritgan “Shifokorlar” mini futbol jamoasi a’zolari hozirda Buxoro safarida.

Ular Buxoroning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilmoqdalar. Shahar ko‘chalarini aylanayotgan talabalarimiz milliy hunarmandchilik namunalariga ham guvoh bo‘lmoqdalar.

Sayohat davomida jamoamiz Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi bilan mini futbol sport turi bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi hamda turli ko‘ngilochar tadbirlarda ishtirok etishlari ko‘zda tutilgan.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!