Qandli diabet kasalligini davolash mavzusiga bag‘ishlangan Xalqaro onlayn videokonferensiya

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot insituti kengashlar zalida Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani, t.f.d X.X.Tursunov rahbarligida 2-ichki kasalliklar, endokrinologiya, funksional diagnostika, ftiziatriya, sog‘liqni saqlashni boshqarish va jamoat salomatligi kafedrasi tashabbusi bilan   P.L.Shupik nomidagi Ukraina Milliy diplomdan keyingi ta’lim Tibbiyot akademiyasi “Diabetologiya” kafedrasi bilan hamkorlikda Xalqaro onlayn videokonfernensiya amalga oshirildi.

Xalqaro onlayn videokonfernensiyada Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti professor-o`qituvchilari, tinglovchilari, magistlar, klinik ordinatorlar, talabalar, viloyatdagi endokrinologlar, nevropatologlar, kardiologlar ishtirok etishdi.  Xalqaro onlayn videokonfernensiyani Andijon davlat tibbiyot insituti rektori, professor M.M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, tibbiyot sohasining rivojida xalqaro xamkorlik aloqalar alohida o‘ringa ega bo‘layotganligi xususida to‘htalib o‘tdi.

Shundan so‘ng onlayn ma’ruzalar boshlandi. P.L.Shupik nomidagi Ukraina Milliy diplomdan keyingi ta’lim Tibbiyot akademiyasi “Diabetologiya” kafedrasi mudiri B.N.Mankovskiy,  shu kafedra dotsentlari N.N.Jerdyova, I.N.Kondratskaya, shuningdek Xarkov Milliy farmasevtika universiteti, A.A.Bogomols nomidagi Milliy tibbiyot universiteti professor-o‘qituvchilari qandli diabet kasalligining aniqlash va davolash usullari mavzularida ma’ruzalar qilishdi. Xalqaro onlayn videokonfernensiyada Andijon davlat tibbiyot insituti dotsenti R.Sh.Sayfutdinova ham o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Xalqaro onlayn videokonfernensiya qandli diabet kasalligini oldini olish va davolashningzamonaviy usullarni amaliyotga tadbiq etishda, qandli diabet muammosini ijobiy echimini topishda o‘z samarasini ko‘rsatishiga xissa qo‘shishiga ishonamiz.

ADTI axborot xizmati.

285