alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

QISHKI TA’TIL DAVRIDA TALABALAR BILAN KUNLIK ONLAYN MULOQOT TASHKILLASHTIRILDI.

16:39 13.01.2022

Andijon davlat tibbiyot institutining rektori boshchiligda rahbar hodimlar qishki ta’til davrida talabalar bilan onlayn uchrashuv o’tkazib kelmoqdalar.
Ushbu onlayn uchrashuvlar ZOOM platformasi orqali 10-yanvar sanasidan boshlab barcha talabalar bilan muloqot olib borilmoqda.

  • 10-yanvar sanasida 1-bosqich talabalari bilan ularni qiziqtirgan savollarga rahbar hodimlar shaxsan o’zlari javob berdilar.
  • 11-yanvar sanasida esa talabalarga ma’naviy ma’rifiy ishlar va institutda tashkil etilayotgan tanlov va tadbirlar haqida ma’lumotlar berildi. Hamda ularning tibbiyot sohasi bilan birgalikda madaniy sohada ham faollikka chaqirildi.
  • 12-yanvar sanasida Oliy ta’lim muassasalarida kredit modul tizimining joriy etilganligi hamda tizimdagi qoidalar haqida institut o’quv ishlari bo’yicha prorektor, dekan o’rinbosarlari onlayn tushuncha berdilar.
  • 13-yanvar sanasida institutimizda yosh olimlar faoliyatini kengaytirish, fan olimpiadalarida ishtirok etish istagini bildirayotgan talabalarga keng sharoit yaratib berish haqida institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori tomonidan onlayn tushunchalar berildi.

14-yanvar sanasida ham faol bo’lishingizni so’rab qolamiz aziz talabalar!!!!

 

ADTI matbuot xizmati

🔗 Website  | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube