alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Qiynoqqa solish, shafqatsiz va g‘ayriinsoniy muomalada bo‘lish holatlari bo‘yicha Ombudsmanga murojaatlar oxirgi 4 yilda 7 barobarga oshdi

14:41 15.02.2021

2020 yilda Ombudsmanga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan jami 14 624 ta (2019 yilda 12 822 ta) murojaat kelib tushgan.

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi fraksiyalarida bo‘lib o‘tgan Ombudsmanning 2020 yilgi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan hisobotida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) nomiga kelib tushgan murojaatlarning 1 563 tasi qamoqda saqlash joylaridagi shaxslar va ularning qarindoshlari tomonidan yo‘llangan.

Bu murojaatlarning 485 tasi pochta, 483 tasi qamoqda saqlash joylarida o‘rnatilgan «Ombudsman qutisi», 293 tasi Ombudsmanning «Ishonch telefoni», 238 tasi Ombudsman huzurida Milliy preventiv mexanizm doirasida faoliyat olib boruvchi jamoatchilik vakillaridan iborat bo‘lgan Ekspert guruhi tomonidan o‘tkazilgan monitoringlar davomidagi sayyor qabullar, 43 tasi Ombudsman tomonidan o‘tkazilgan shaxsiy qabullar, 12 tasi Ombudsmanning elektron sayti va 9 tasi Prezident virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan.

Murojaatlarning 405 tasi Bosh prokuraturaga, 390 tasi Oliy sudga, 212 tasi Ichki ishlar vazirligiga, 63 tasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga, 493 tasi boshqa mutasaddi vazirlik va idoralarga yuborilgan.

Qamoqda saqlash joylaridagi shaxslar va ularning qarindoshlari tomonidan kelib tushgan murojaatlarning 650 tasi yoki 41,6 foizi Ombudsman tomonidan alohida nazoratga olingan holda ko‘rib chiqilgan va qanoatlantirilgan.

Shuningdek, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlari qo‘llanilgani masalasida yo‘llangan murojaatlar soni oxirgi 4 yilda ortgan. Xususan, 2020 yilda 184 ta ana shunday (2019 yilda 138 ta, 2018 yilda 101 ta, 2017 yilda 24 ta) shikoyat Ombudsman nomiga kelib tushgan.

Ushbu shikoyatlarning 95 tasida yoki 51,7 foizi surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlari davomida, 86 tasi yoki 46,7 foizi jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida hamda 3 tasi yoki 1,6 foizi ichki ishlar organlarining vaqtincha saqlash hibsxonalarida ro‘y bergan.

  • Kuni kecha Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev JIEMlardagi qiynoqlar mavzusida fikr bildirgan edi.
  • Deputatning aytishicha, qamoqxonalardagi qiynoq holatlari aniqlanmay qolayotganining sabablaridan biri – bu borada tegishli xulosani beruvchi tibbiyot xodimlari Ichki ishlar vazirligiga bo‘ysunishidir. Qamoqxonalardagi tibbiyot xodimlarini IIV emas, Sog‘liqni saqlash vazirligi bo‘ysunuviga o‘tkazish haqida o‘tgan yili ombudsman kiritgan taklif ochiq qolgan.
Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!