(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

QIZLАR ODOBI BILАN GOʼZАL

11:46 10.04.2021

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida ayol va qizlarning bandligini taʼminlashga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Shu boisdan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 44-sonli majlis bayoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida bir qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “Qizlar odobi targʼibotchisi” tanlovi oʼtkazildi.

Unda viloyat xokimligi kotibiyat mudiri E. Xolmirzayev, oliy taʼlim muassasalarining rektorlari, rektorimiz M. Madazimov, Xotin-qizlar masalalari boʼyicha kengashi raisi M. Joʼrayeva ishtirok etdilar va qizlarning namoyishlarini baholab bordilar.

Milliy liboslarimizni kiyib namoyish oʼtkazgan qizlarimizga xorijlik talaba-qizlarimiz ham qoʼshildilar. Ular ham oʼz milliy liboslarimizni koʼz-koʼz qildilar.

Institutimizda qizlarning boʼsh vaqtlarini taʼminlash, kasbga yoʼnaltirish borasida ham toʼgaraklar faoliyat olib bormoqda. Pazandalik va tikuvchilikda mohir qizlarimiz oʼz ijod mahsullari bilan tanlovda faol ishtirok etdilar. Stomotolgiya fakultetining 3-bosqich talabasi M. Ildarova, 2-bosqich talabasi B. Аsqarova singari iqtidorli qizlar faol ishtiroklari uchun munosib taqdirlandilar.