alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

QIZLАR VА АYOLLАR DАVRА SUHBАTI OʼTKАZILDI

18:48 12.05.2021

Qizlarning odobi va hayosi bir goʼzallik boʼlsa, kiyinish, salomlashish madaniyati esa ularning qalb chiroyini ochib beradi. Ilmiy kengashlar zalida institut xotin-qizlar masalalari kengashi tashabbusi bilan qizlar va ayollar davra suhbati oʼtkazildi.

Unda Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor M. Botirov, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boshqarmasi rahbari M. Gʼofurov va uning oʼrinbosari I. Аhmedova, viloyat bosh otinoyisi, Maʼrifat targʼibotchilar jamiyati aʼzosi Sh. Qosimova, institut xotin-qizlar masalalari kengashi raisi G. Xolmatova ishtirok etdilar.

Davra suhbati davomida ayollik fazilatlari, kiyinish, salomlashish, oila tutish, farzand tarbiyasi va er-xotin munosabatlari, kattalarga hurmat borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Buyuk ota-bobolarimizning ibratli hikoya va rivoyatlari asosida sabr-matonat, ibo-hayo borasida pand-nasihatlar keltirildi. Mutaxassislar ishtirokchilarning ayniqsa, kiyinish odobi borasidagi savollariga atroflicha javob berdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!