alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Qomusimiz – erkin va farovon hayotimiz kafolati”

16:43 05.12.2019

Andijon davlat tibbiyot insituti tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan “Qomusimiz – erkin va farovon hayotimiz kafolati” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Kafedra o‘qituvchisi N.Umarova rahbarligida Pediatriya fakulteti 107-guruh talabalari tomonidan tayyorlangan bayram kechasini kafedra mudiri R.Rahmonov ochib berar ekan, jamiyatdagi har bir sohaning qonuniy asosi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ekanligining e’tirof etib o‘tdi.

Shundan so‘ng talabalar  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, yaratilish tarixi, bob, bo‘lim, moddalari haqida ma’lumotlar berishdi. Ona Vatanimiz, Baxtimiz Qomusi, bag‘rikeng xalqimiz, yoshlik mavzularidagi she’rlardan o‘qib berishdi.

Istedodli talaba D.Abdulhamidova tomonidan jonli ijro etilgan qo‘shiqlar barchaning jo‘rovozligida davomli olqishlar bilan kutib olindi. Tadbir yakunida Davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari U.Karimov tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining har bir moddasini chuqur bilishimiz, huquqiy bilimlarimizni doimio boyitib borishimiz zarurligini ta’kidlab o‘tdi. “Qomusimiz – erkin va farovon hayotimiz kafolati” mavzusi ostida o‘tgan tadbir ishtirokchilarning huquqiy bilimlarini boyitish bilan birga talabalarni adabiyot, san’atga oshno etishi bilan ma’naviyatini boyitishga ham alohida hissa qo‘shdi.

ADTI axborot xizmati

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!