alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

QO’QON SHAHRIDAGI 9-UMUMTA’LIM MAKTABI O’QUVCHILARI INSTITUTIMIZDA

09:27 12.04.2021

Andijon davlat tibbiyot instituti yurtimizning yetakchi oliy o‘quv yurtlaridan biri bo‘lganligi bois barcha yoshlarning e’tiborida. Xususan, Qo‘qon shahridagi 9-umumta’lim maktabining 15 nafar o‘quvchilari institutimizning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar. Ularga maktab direktori M. Komilov hamda maktab psixologi K. Yo‘ldosheva hamrohlik qildilar. Institutimiz ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi Iqboljon Sattiiboyev talabalarga yaratilgan barcha shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi. Inkubatsiya va akseliratsiya markazi, axborot-resurs markazi va o‘quv xonalarida bo‘lgan o‘quvchilar o‘zlari qiziqtirgan savollariga mutaxassislarimizdan kerakli javob oldilar