alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

QO‘RG‘ONTEPA TUMANIDA “YOSH VOLONTYORLAR“ TARG‘IBOTI

16:38 14.07.2021

QO‘RG‘ONTEPA TUMANIDA “YOSH VOLONTYORLAR“ TARG‘IBOTI

Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga o‘z xissasini qo‘shayotgan “Yosh volontyorlar” ko‘ngilli yoshlar guruhi bu gal Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Qorasuv shaharchasida bo‘ldilar.

Dastavval Qorasuv poliklinikasida tez tibbiy yordam ko‘rsatish, pandemiya davrida va karonavirus bilan kasallangan holatlarda birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish, vaksiyanatsiya jarayonlarida faol ishtirok etish borasida maslahat va tavsiyalar berib o‘tdilar.

Shuningdek, “Mirzo Ulug‘bek” MFYdagi Yog‘du, O‘qituvchilar, “Kamalak”, Mirzo Ulug‘bek, Oqibat ko‘chalarida xonadonlarda aholi bilan birma-bir suhbat olib bordilar. Ular bilan sog‘lom turmush tarziga rioya qilish borasida fikrlari bilan ham o‘rtoqlashdilar. Bu kabi targ‘ibot tadbirlari viloyatimiz bo‘ylab yana davom etadi.