Qo’shma ta’lim dasturida tahsil olayotgan talabalar uchun onlayn ma’ruza

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

16 oktyabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Kengashlar zalida Dog’iston davlat tibbiyot universiteti stomatologiya fakulteti dekani, dotsent Tagir Abakarovich Abakarov, falsafa va tarix kafedrasi mudiri, professor Kafarov Telman Emiraliyevich, biofizika, informatika kafedrasi mudiri, professor Rizahanov Magamed Ahmedpashaevich ishtrokida onlayn muloqot tashkil etildi.


ADTIdan yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor P.X.Asxanov, o’quv bo’limi boshlig’i Q.Q.Yusupov, Halqaro fakulteti dekani M.G.Teshaboev, biofizika, informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi katta o’qituvchisi M.Z.Mamatqulova va ishtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti B.N. Botirovalar qatnashdilar.

Tadbirda stomatologiya yo’nalishi bo’yicha qo’shma ta’lim dasturida tahsil olayotgan, ADTI stomotologiya va pediatriya fakulteti 1-kurs talabalari ishtirok etdi.
Dog’istonlik mutahassislar “Дагестан в эпоху перестройки и постсоветского периода”, “Программное обеспечение информационных систем” mavzularidagi ma’ruzalarni o’qidilar.

Yuqori ilmiy saviyada o’qilgan ma’ruzalarga talabalar zo’r qiziqishi ularning savol-javoblarida aks etdi.

195