alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Qo‘shni davlatlardan o‘qishini ko‘chirish uchun hujjat topshirgan talabalar diqqatiga!

12:06 30.05.2020

Qo‘shni davlatlardan o‘qishini ko‘chirish uchun 2020-yil 15-fevraldan 15-martgacha hujjat topshirgan va hozirda o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilganlar ro‘yxatida ism. familiyalari chiqqan talabalar instituga kelishlari shart emas!
Hozir institut ishchi guruhi tomonidan Qirg‘izistondagi OTMlarga ishchi guruhlari yuborib, ro‘yhatdagi talabalar haqiqatda o‘qiganmi, hujjatlar soxtalashtirilmaganligini o‘rganib chiqadi.
Ro‘yxatdagi talabalarga darslarga kirishga ruxsatnoma berish bo‘yicha rektor farmoyishi chiqarilgach, shartnoma olgandan keyin belgilangan muddatda kontrakt pulini to‘laganlarga talabalar safiga qo‘shish bo‘yicha buyruq chiqariladi. Qo‘shni davlatlar OTMlarida o‘qimagan yoki soxta hujjat orqali o‘qishini ko‘chirishga harakat qilgan talabalarga rad javobi beriladi.
Eslatma: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 3-martdagi 156-sonli buyrug‘iga asosan ro‘yxatda keltirilgan qo‘shni davlatlarning OTMlarida masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha va onlayn tarzda tahsil olayotgan talabalarning o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.
Shuningdek, qo‘shni davlatlardagi boshqa xorijiy mamlakatlar (masalan Rossiya Federatsiyasi) OTMlari va ularning filiallari ya’ni uchinchi tomon ishtirokida tashkil etilgan OTMlardan ham o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.
“Institutga majlisga chaqiryapti ekan, hozir aloqa xati berishyaptikan”, –  degan xabarlar asossiz.

ADTI marketing bo‘lim

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!