alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Qozog’iston, O’zbekiston, Tojikiston va Qirg’izistonning hamkor oliy ta’lim muassasalari o’rtasida talabalar va o’qituvchilarning akademik mobilligini tashkil etishning ustuvor yo’nalishlari va muammolari” muhokama qilindi

10:40 29.09.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Sh.Arziqulov va xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Salahiddinov O‘sh davlat universiteti tashabbusi bilan “Приоритеты и проблемы организации академической мобильности студентов и проподавателей среди вузов-партнёров Казахстана, Узбекистана, Таджикистана и Кыргызстана” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro onlayn davra suhbatida ishtirok etdilar.

Qozog’iston, O’zbekiston, Tojikiston va Qirg’iziston oliy ta’lim muassasalarining rektorlari, prorektorlari va bo‘lim boshliqlari ishtirok etgan xalqaro onlayn davra suhbatida COVID-19 pademiyasi sharoitida oliy ta’lim muassasalari o’rtasida talabalar va o’qituvchilarning akademik mobilligini tashkil etishning yo’nalishlari va muammolari muhokama qilindi, o‘zaro fikr-mulohazalar, takliflar bildirildi.
ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!