Qurbon hayiti qutlug‘ bo‘lsin!

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Azizlar, barchangizni   xayru saxovat, mehr-oqibat, insonparvarlik singari azaliy an’ana va qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan Muborak Qurbon hayiti bilan qutlayman!

Hayot faqat shodligu quvonchlardan emas, uning kutilmagan sinovlari ham bo‘ladi.  Har qanday sinovlarni birligimiz va ahilligimiz, ertangi kunga bo‘lgan ishonchimiz bilan yenga olamiz!

Koronavirus pandemiyasi irodamizni yanada tobladi, jipsligimizni mustahkamladi. Xalqimiz hamjixatlikda, birlikda har qanday sinovni engib o‘tishga qodir ekanligi o‘z ifodasini topdi.

Qurbon hayitini biz hamma vaqt katta tantana va xursandchilik bilan o‘tkazganmiz. Mehr-oqibatga, sahovatga yo‘g‘rilgan tadbirlar, xayrli ishlar bilan ko‘ngil olingan. Bugun ayni ana shu koronavirus sabab bu amallarni avvalgidek to‘la bajarishning  imkoni yo‘q.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorida haqli ravishda bu yil Qurbon hayiti karantin talablari asosida o‘tkazilishi shartligi belgilab qo‘yilgani ham bejiz emas. Mazkur qaror xalqimizning ezgu niyat va orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarimizning sog‘lig‘ini, tinchini, buguni va ertangi kunini o‘ylab qabul qilindi.

Bugungi talablarga amal qilish koronavirus balosidan qutulishning kafolatidir. Bayram kunlari o‘zimiz va xalqimiz salomatligi uchun o‘rnatilgan tartibga qat’iy amal qilishimiz lozim. Oila davrasidagi xursandchilik, keksalarga hurmat va masofadan turib ko‘ngil olishlar cheklanmaydi. Qaytanga, hozirgi vaziyatda bir birimizga dalda bo‘laylik, qo‘llab-quvvatlaylik!

Tinchligimiz va salomatligimizga ko‘z tegmasin!

Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin!

  Madaminjon MADAZIMOV,

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori,

O‘zbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyati Kengashi raisi.

109