alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

QURILISH –MONTAJ ISHLARI JADAL OLIB BORILMOQDA

15:27 04.08.2022

Bugungi kunda talabalarni turar-joy bilan ta`minlash  dolzarb masalalardan biridir.  Muhtaram Prezidentimizning 2021-yil 21-martdagi 563 – sonli  qaroriga asosan,  2022 -yil 7 -mart kuni  davlat sherikchiligi asosida  TTJ ni qurish va  jihozlash  ishlari   rejalashturilgan bo`lib, Andijon davlat tibbiyot institutida ja`mi 28.236.238.000 so`m qiymatdagi  bino qurilishi  ishlari  boshlab yuborilgan. Bugungi  kunga qadar 12.mld .430 mln.so`mlik ishlar bajarildi.  Yozning issiq, haroratli ob-havosiga  qaramay,  mas`ullar  va quruvchilar  o`tib borayotgan har bir kunni g`animat bilib, harakat qilishmoqda.  Bu boradagi ishlarning ko`lami  va olg`a borishi  institut rahbariyati tomonidan  doimiy nazoratga olingan.

Ayni kunlarda Andijon shahar, Navoiy shoh ko`chasi,  124 – uyda joylashgan Andijon davlat tibbiyot institute akademik litseyi  hududida  ko`rkam va  shinam  – yangi TTJ binosi qad rostlamoqda. Qurilish A.Mamadaliyev boshchiligidagi  “Asadillo Omad imkon” MCHJ quruvchilari tomonidan sifatli  va jadal olib borilmoqda. Qurilish ob`yektida  3-avgust holatiga ko’ra 12 nafar ishchi  belgilangan  me’yorlar asosida  binoning 1- va 2- qavatida  qurilish-montaj  ishlarini  nihoyasiga yetkazishmoqda. Ichki devorlarga pardoz berish, yuvinish xonalari   qurilishi  amalga oshirilib, zinapoyalar o`rnatilmoqda. Barcha qurilish ishlari  me’yoriy hujjatlar  va loyihaga asosan  bunyod etilmoqda,  2022-yil 1-dekabrda talabalar yangi va zamonaviy  400 o`ringa mo`ljallangan talabalar turar joyiga ega bo`ladilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!