Andijon davlat tibbiyot instituti faollar zalida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti tomonidan Quvnoqlar va zukkolar (QVZ) ko’rik tanlovining fakultetlararo institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.



Ushbu tadbirda 4 ta fakultet jamoalari o‘zaro bellashdilar:
Farmatsiya fakulteti – “Farm One” jamoasi
Davolash fakulteti – “Katta Bollar” jamoasi
Stomatologiya fakulteti – “Colgate” jamoasi
Pediatriya fakulteti – “PedStars” jamoasi



Ishtirokchilar 3 ta shart bo‘yicha o‘zaro raqobatlashishdi. Qizg‘in bahs va murosasiz kurashlardan so‘ng hakamlar hay’ati tomonidan quyidagi natijalar e’lon qilindi:
1-o‘rin – Farmatsiya fakulteti (“Farm One”)
2-o‘rin – Davolash fakulteti (“Katta Bollar”)
3-o‘rin – Stomatologiya fakulteti (“Colgate”)
4-o‘rin – Pediatriya fakulteti (“PedStars”)



Tadbirning asosiy maqsadi — institut terma jamoasiga iqtidorli yigit-qizlarni saralab olish, ularning bilim va iste’dodlarini yanada rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
G‘oliblarni tabriklaymiz va barcha ishtirokchilarga tanlovning keyingi bosqichlarida muvaffaqiyat tilaymiz!


